06 apr 13:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/36493_220.jpg)
Bugun Yoshlar Ittifoqi jamoasi maydonga tushadi
Bugun Pro-Ligaga start beriladi.
Unda O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Farg'onaning “Iftihor” klubi birinchi turni safarda Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu jamoalar bundan bir necha kun avval O'zbekiston kubogi bahslarida to'qnash kelib, unda “Iftihor” g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqqan.
Bir qator tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan Yoshlar ittifoqi jamoasidan umid katta. O'zbekistonlik barcha yoshlarning futbol jamoasiga ushbu o'yinda g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz va barcha yoshlarni bugun soat 16:00 da “Do'stlik” stadionida boshlanadigan uchrashuvga chorlab qolamiz.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar media markazi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar