16 dek 08:24
Yangiliklar
Bundesligada peshqadam o'zgardi
Germaniya chempionatida karvonboshilik qilib turgan Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi “Volfsburg” maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Alamlisi, mag'lubiyatga sabab bo'lgan gol asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqada o'tkazib yuborildi.
Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Borussiya"ning ochkolari soni 31 taligicha qoldi. 15-turda g'alaba qozongan "Leypcig" klubi esa 33 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Volfsburg – Borussiya M. 2:1
“Folksvagen-Arena”
Gollar: 1:0 – 13 SHlager, 1:1 – 15 Embolo, 2:1 – 90 Arnold.
Volfsburg – Kastels, Mbabu, Knoxe, Bruks, Russiyon, SHlager (Gerxardt, 77), Gilavogi, Arnold, SHteffen (Brekalo, 59), Vegorst, Joao Viktor (Klaus, 87).
Borussiya M – Zommer, Layner (Bayer, 46), Ginter, Elvedi, Bensebayni, SHtrobl, Xofmann, Plea, Benesh (SHtindl, 77), Tyuram (Xerrmann, 72), Embolo.
Ogohlantirishlar: Bruks (20), Embolo (34), Russiyon (45), SHtrobl (51), SHlager (71), Bayer (72).
Fikrlar