So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

02 may 16:41
Yangiliklar

Futbol

"Bunyodkor" bosh direktori klub va MIB o'rtasidagi voqeaga aniqlik kiritdi

Murabbiy Sergey Lushan "Bunyodkor" klubida qolib ketgan qarzlari bo'yicha davlat organlariga murojaat qilganidan barchaning xabari bor.

Bugun "Bunyodkor" klubi ofisi muhrlangani va klubga tegishli avtobuslardan foydalanish taqiqlab qo'yilgani haqida xabarlar chiqdi. Biz ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida "Bunyodkor" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga murojaat qildik.

"To'g'ri CHilonzor MIB vakillari kelib "Bunyodkor" klubiga tegishli avtobus, engil avtomobillarni band qilishdi. Yani transport vositalaridan foydalanish taqiqlab qo'yildi. Xodimlarimiz ishlaydigan ofislar esa muhrlandi. Bugun ushbu holat yuzasidan Respublika Majburiy Ijro Byurosiga bordim. Aslida Lushan talab qilayotgan summani bitta avtobusni sotish orqali to'lab yuborishimiz mumkin. SHu bois ofislarimiz muhrlanishi ortiqcha edi. Vaziyat ko'pchilik o'ylaganchalik vahimali emas. "Bunyodkor" klubi ko'p qiyinchiliklardan o'tdi, bundan ham o'tadi. To'g'ri ayni paytda klub hisob raqamida buncha pul yo'q. Ammo yaqin kunlarda bir qator reklama hamkorlarimizdan pul tushishi kutilmoqda. Bundan tashqari "Paxtakor" klubi Akrom Komilov bizning akademiyamizda o'qigani uchun pul o'tkazishi lozim, SHohruz Norxonovni "So'g'diyona"ga transfer qilganmiz, Davron Umirovni ijaraga berganmiz. Mana shu pullar tushishi bilan "Bunyodkor" bu muammoni hal qiladi. Bu yilgi xarajatlar smetasida ko'zda tutilmagan juda ko'plab xarajatlar paydo bo'layotganidan futbol jamoatchiligi juda yaxshi xabardor.

2015-2016 yillarda "Bunyodkor"da ishlab ketgan Sergey Lushan va Baxtiyor Boboev o'zlariga 400 million so'mdan ko'tarma pullarini yozib olishgan ekan. Lekin negadir Boboev rahbarligida bu pullarni olishmagan va hozirgacha qarz to'lanmay kelmoqda. Zukko futbol muxlislari Lushan nima maqsadda har yili jamoaga yangi legionerlarni olib kelganini juda yaxshi bilishadi. SHuncha yil bu jamoada ishlaganlar insoniylikni bir chetga surib qo'yishdi.

Yakunda shuni aytmoqchimanki, yaqin kunlar ichida biz ham Sergey Lushan ustidan davlat pullarini o'zlashtirish bo'yicha prokuraturaga ariza yozamiz. Bu murabbiy qo'l ostida "Bunyodkor" hozirgidan bir necha barobar katta smetaga ega bo'lgan va Osiyo chempionlar ligasida bironta o'yinda g'olib bo'la olmagan yillar ham bo'lganini barcha yaxshi eslaydi", - deydi Ulug'bek Mirzaev championat.asia saytiga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing