So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

16 apr 10:41
Yangiliklar

Boshqalar

Butunjahon anti-doping agentligi (WADA) sportchilar savollariga javob berdi

Teglar :  AntidopingWADA
Butunjahon anti-doping agentligi (WADA) koronavirus pandemiyasi holatida sportchilar tomonidan berilayotgan savollariga javob berdi.

“WADA va jahon dopingga qarshi hamjamiyat aholining salomatligi, xavfsizligi va ijtimoiy masuliyati muhim deb hisoblaydi. Biz ushbu koronavirus pandemiyasining oqibatlariga duch kelib turar ekanmiz, sportchilarning salomatligi va sport bilan halol shug'ullanayotganlarning hammasi diqqat markazimizdadir”, – deb bayonot berdi WADA raisi Vitold Banka.

WADAning sportchilar komissiyasi bilan hamkorlikda tuzilgan hujjatida doping testlari va koronavirusga chalinish yoki uning uzatilishi xavfini kamaytirish to'g'risidagi savollarga javob berilgan. Hujjatda doping testlari imkoniyat bo'lgan va mahalliy mamurlar harakatlanishni va jismoniy aloqa qilishni chegaralamagan joylarda davom ettirilishi mumkinligi ko'rsatilgan.

Bundan tashqari ham sportchilar, ham dopingga qarshi agentliklar vakillarining salomatligini muhofaza qilish uchun kuchli choralar ko'rilmoqda. Jumladan, bunda gap qo'llarni muntazam yuvish va dezinfekciya qilish, bir marta ishlatiladigan qo'lqoplardan foydalanish va imkoniyat boricha 2 metrli oraliqqa rioya qilish to'g'risida ketmoqda. Koronavirus yuqishi alomatiga ega bo'lgan sportchilar o'zlarini yakkalashlari va dopingga qarshi mahallliy agentlikni u doping testlari olish rejasiga o'zgartirish kiritishi uchun xabardor qilishlari kerak.

WADA shuningdek test olish darajasini pasaytirish yoki umuman buni bekor qilish niyatidadir. Pandemiya tugab, sport olami yana odatiy tusga kirgach, bu uzilishlar qo'shimcha testlar o'tkazish bilan qoplanadi.
WADA sportchilar komissiyasi raisi Ben Sendfordning aytishicha, tashkilot sportchilar uchun vujudga kelgan vaziyatning murakkabligini tan oladi. “Dopingga qarshi hamjamiyat ayrim dasturlarni, shu jumladan testlarni va boshqa tadbirlarni bekor qilib yoki kamaytirib, kundalik tartibga o'zgartirish kiritish uchun birlashdi”, – dedi Stenford.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing