24 iyu 08:35
Yangiliklar
Tennis

Buxarest (WTA): Begu bosh mukofotni Ruminiyada olib qoldi
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ruminiyalik Irina Begu germaniyalik Yuliya Gerges bilan to'qnash keldi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Begu 6:3, 7:4 hisobida zafar quchdi. Begu turnirda 3, Gerges esa 3-raqam ostida tasniflangan edi.
Uchrashuv mobaynida
Irina 2 ta, uning raqibasi esa 5 ta eys zarbani amalga oshirdi. O'z
vatanida qo'lga kiritilgan sovrin Begu uchun joriy yil hisobidan birinchisi, faoliyatidagi
to'rtinchi titul bo'ldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar