04 apr 09:14
Yangiliklar
Tennis
Buxarestdagi turnir koronavirus sabab bekor qilindi
Koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilinayotgan turnirlar soni ortib bormoqda.
Ana shunday musobaqalardan biri Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o'tkazilishi kerak edi. Ruminiya tennis federaciyasi vice-prezidenti Jorje Kosakning aytishicha, BRD Bucharest Open turniri bu yil o'tkazilmaydi.
Avvalroq ushbu musobaqaning mavsumning ikkinchi qismida o'tkazilishi aytilgan edi. Endi mavsumning qayta yo'lga qo'yilishi 13 iyulga qoldi. 13-19 iyul kunlari Lozannada o'tkaziladigan turnir bilan tennis mavsumi davom ettiriladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar