22 apr 12:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/11417_220.jpg)
Buxorodagi bosh mukofot Belarusga ketadi
Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis kortlari mezbonlik qilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Bir necha daqiqa avval sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida g'olib aniqlandi. Unda belaruslik tennischi bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Bir soatu 22 daqiqa davom etgan final uchrashuvida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi bo'lgan Egor Gerasimov musobaqaning birinchi raketkasi - qozog'istonlik Dmitriy Popkoni 6:1, 7:5 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar