24 iyu 22:05
Yangiliklar
Tennis
Cabina Sakramentodagi turnirda finalga chiqa olmadi
Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova AQSHning Sakramento shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat bo'lib, hamyurtimiz yakkalik bahslarida sakkizinchi raqam ostida harakat qilayotgandi.
SHaripova yarim final uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkasi amerikalik Greys Minga qarshi kortga chiqdi. Ammo, ikkinchi setning uchinchi geymidan so'ng vakilamiz bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib Sabina 0:6, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova Sakramento turnirining yarim finaliga qadar avstraliyalik tennischilar Storm Sandersni 3:6, 6:1, 6:2, Priskilla Xonni 6:3, 6:3, ukrainalik Elizaveta Yanchukni 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar