23 iyu 07:25
Yangiliklar
Cabina Sakramentodagi turnirda yarim finalga chiqdi
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat bo'lib, hamyurtimiz yakkalik bahslarida sakkizinchi raqam ostida harakat qilyapti. Quvonarlisi, SHaripova yarim finalga yo'llanma oldi. U chorak final uchrashuvida ukrainalik raqibasi Elizaveta Yanchukni ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Sabinaning yarim finaldagi raqibasi amerikalik Greys Min bo'ladi. Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Min chorak finalda hamyurti Kriti Anni 6:1, 6:2 hisobida engdi.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova Sakramento turnirining yarim finaliga qadar avstraliyalik tennischilar Storm Sandersni 3:6, 6:1, 6:2, Priskilla Xonni 6:3, 6:3, ukrainalik Elizaveta Yanchukni 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.
Fikrlar