04 sen 11:05
Yangiliklar
Tennis

Cabina SHaripova – Guyyandagi turnir g'olibasi!
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Quvonarlisi, ushbu musobaqada zafar quchish hamyurtimiz Sabina SHaripovaga nasib qildi. U hal qiluvchi final uchrashuvida xitoylik Xanyu Guoga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sabina mezbonlar vakilasini 6:7(1), 7:6(0), 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Bu bilan SHaripova turnirda ishtirok etgan yana bir tennischimiz Nigina Abduraimova uchun revansh ham oldi. Turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilgan Nigina yarim finalda aynan Guoga imkoniyatni boy bergandi. SHaripovani bosh mukofot bilan tabriklaymiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar