So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

19 apr 07:37
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. Yakunga ikki tur qolganda uch peshqadam FOTO + JADVAL

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun davogarlar o'rtasida Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 500 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 12-turning bittagina partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Qolgan uchta partiyada bir tomonning g'alabasi qayd etildi. Peshqadam Yan Nepomnyashhiy oq donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhani mag'lub eta olmadi.

Rossiyalik shaxmatchining ochko yo'qotishidan uning taqibchilari unumli foydalanib qolishdi. Gukesh qora donalarda autsayder Nijat Abasovni, Xikaru Nakamura esa francuz Alireza Firudjani taslim etdi. Musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolgan bir paytda Yan, Gukesh va Xikaruda 7,5 tadan ochko bor. 

Eslatib o'tamiz, 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 

Candidates Tournament 2024. 12-tur natijalari


Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Alireza Firudja (Franciya, 2760) — 1:0

Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2760) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — 0:1

Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — 1:0

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — 1/2:1/2.

12-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1-3. Nepomnyashiy, Gukesh, Nakamura – 7,5 ochkodan

4. Karuana – 7 

5. Pragnanandha – 6

6. Vidit – 5

7. Firudja – 4,5

8. Abasov – 3.

Candidates Tournament 2024. 13-tur juftliklari

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Xikaru Nakamura (AQSH, 2789)

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Alireza Firudja (Franciya, 2760)

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803) 

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632)

 

Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing