So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

12 apr 12:11
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Women Tournament 2024. CHin yurti vakilasi hamon peshqadam FOTO + JADVAL

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kanadaning Toronto shahri shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniriga mezbonlik qilmoqda.

Ayol shaxmatchilar musobaqasida xitoyliklar Ley Tincze, Tan CHjuni, hindistonliklar Xampi Koneru, Rameshbabu Vayshali, ukrainalik Anna Muzichuk, bolgariyalik Nurgyul Salimova, FIDE bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Aleksandra Goryachkina va Katerina Lagno toj davogarini aniqlab berish uchun bahs olib boryapti.

Ettinchi turning markaziy uchrashuvi xitoylik Tan CHjuni hamda uning eng yaqin taqibchisi, FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Aleksandra Goryachkina o'rtasida bo'lib o'tdi va durang bilan yakunlandi. CHin yurti vakilasi 5 ochko bilan hamon turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Ettinchi turning 3 partiyasida duorang qayd etildi. Birgina xitoylik Ley Tincze oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Vayshalini engdi. 

Candidates Women Tournament 2024. 7-tur natijalari

Ekaterina Lagno (FIDE) — Nurgyul Salimova (Bolgariya) — 1/2:1/2

Aleksandra Goryachkina (FIDE) — Tan CHjuni (Xitoy) — 1/2:1/2

Anna Muzychuk (Ukraina) — Xampi Koneru (Hindiston) — 1/2:1/2

Ley Tincze (Xitoy) — Rameshbabu Vayshali (Hindiston) — 1:0.


7-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1. Tan CHjuni (Xitoy) – 5 ochko

2. Aleksandra Goryachkina (FIDE) – 4,5

3-4. Ekaterina Lagno (FIDE), Ley Tincze (Xitoy) – 4

5. Nurgyul Salimova (Bolgariya) – 3

6-8. Rameshbabu (Hindiston), Koneru (Hindiston), Muzichuk (Ukraina) – 2,5

Candidates Women Tournament 2024. 8-tur juftliklari

Ekaterina Lagno (FIDE) — Aleksandra Goryachkina (FIDE)

Nurgyul Salimova (Bolgariya) — Anna Muzichuk (Ukraina) 

Tan CHjuni (Xitoy) — Ley Tincze (Xitoy)

Xampi Koneru (Hindiston) — Rameshbabu Vayshali (Hindiston) 

Malumot uchun, Candidates Tournament 2024 turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 evroni tashkil etadi. Umumiy summadan 500 ming dollari erkaklar, 250 mingi ayollar o'rtasidagi turnirga tegishli. Yani, erkak shaxmatchilar mukofot pulini ayollarga qaraganda ikki barabar ko'proq olishadi. Erkaklarda g'olib 48 000, ayollar esa 24 000 evroni qo'lga kiritadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing