So’nggi yangiliklar

17:16ИНТЕРВЬЮ. "Шогирдимни ўлими энг оғир кун бўлган" — Jasco Coach 0 16:51Янина Кускова "Tour of Thailand" турнири шоҳсупасидан жой олди 0 16:24Тедди Атлас — Мейвезер ва Пакьяо реванши ҳақида: "Бу жанг 15 йилга кечикди" 0 16:03"Арсенал" "Реал" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда 0 15:41Шон О`Мэлли нима учун Оқ уйдаги UFC турнирида иштирок этишдан мамнун эмаслигини тушунтирди 0 15:19Қиличбозларимиз Рио де Жанейродаги ёшлар Жаҳон чемпионатида қатнашади, таркибда легионер спортчи ҳам бор 0 14:58"Артур 100 ёшга тўлишини кутишмоқда" — Бетербиев мураббийи Бивол жамоасини танқид қилди 0 14:49Баҳодирлар ўйинлари ва тош кўтариш федерациясида нима янгиликлар? 0 14:28Эрондагилар ФИФА баёнотига муносабат билдирди 0 14:05Актенге, Лайлохон, Нигина ва бошқалар Осиё чемпионатига боради (Тўлиқ таркиб) 0 13:42"Бу хиёнат" — Трампга овоз берган собиқ UFC чемпиони Эрон билан урушни танқид қилди 0 13:20Фомин Хитойда чорак финалга чиқди 0 12:58Суперлига. Бугун 5-турга старт берилади 0 12:37Флойд Мейвезер — тарихдаги энг кўп маош олувчи боксчи. Топ-10`да кимлар бор? 0 12:17Осиё чемпионати. Уч нафар боксчимизнинг барида ғалаба 0

11 apr 11:41
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Women Tournament 2024. Durangsiz turdan so'ng peshqadam o'zgarmadi + FOTO

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kanadaning Toronto shahri shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniriga mezbonlik qilmoqda.

Ayol shaxmatchilar o'rtasidagi bahslarda xitoyliklar Ley Tincze, Tan CHjuni, hindistonliklar Xampi Koneru, Rameshbabu Vayshali, ukrainalik Anna Muzichuk, bolgariyalik Nurgyul Salimova, FIDE bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Aleksandra Goryachkina va Katerina Lagno toj davogarini aniqlab berish uchun bahs olib boryapti.

Oltinchi turning barcha partiyalarida bir tomonning g'alabasi kuzatildi. Hech bir partiyada durang natija qayd etilmadi. Peshqadam xitoylik Tan CHjuni oq donalarda ukrainalik Anna Muzichukni taslim etdi. FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik Aleksandra Goryachkina qora donalarda o'ynashiga qaramay, bolgariyalik Nurgyul Salimovada ustun keldi. 

Ettinchi tur oldidan Tan 4,5 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Goryachkina hisobida 4 ochko bor. Kuchli uchlikka Ekaterina Lagno 3,5 ochko bilan yakun yasagan. Bugun aynan 7-turda Tan eng yaqin taqibchisi Goryachkinaga qarshi qora donalarda bahs olib boradi.  

Candidates Women Tournament 2024. 6-tur natijalari

Rameshbabu Vayshali (Hindiston) — Ekaterina Lagno (FIDE) – 0:1.

Xampi Koneru (Hindiston) — Ley Tincze (Xitoy) – 0:1.

Tan CHjuni (Xitoy) — Anna Muzichuk (Ukraina) – 1:0.

Nurgyul Salimova (Bolgariya) — Aleksandra Goryachkina (FIDE) – 0:1.

Candidates Women Tournament 2024. 7-tur juftliklari (11 aprel)

Ekaterina Lagno (FIDE) — Nurgyul Salimova (Bolgariya) 

Aleksandra Goryachkina (FIDE) — Tan CHjuni (Xitoy) 

Anna Muzichuk (Ukraina) — Xampi Koneru (Hindiston)

Ley Tincze (Xitoy) — Rameshbabu Vayshali (Hindiston)

Malumot uchun, Candidates Tournament 2024 turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 evroni tashkil etadi. Umumiy summadan 500 ming dollari erkaklar, 250 mingi ayollar o'rtasidagi turnirga tegishli. Yani, erkak shaxmatchilar mukofot pulini ayollarga qaraganda ikki barabar ko'proq olishadi. Erkaklarda g'olib 48 000, ayollar esa 24 000 evroni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing