So’nggi yangiliklar

18:28Шок хабар: фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв жуфтлиги ажралиши айтиляпти, спортчилар Хитой Гран-присида иштирок этмаслиги аниқ! 0 18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0

07 apr 12:58
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Women Tournament 2024. Peshqadam ilk bor ochko yo'qotdi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Kanadaning Toronto shahri shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniriga mezbonlik qilmoqda.

Ayol shaxmatchilar musobaqasida xitoyliklar Ley Tincze, Tan CHjuni, hindistonliklar Xampi Koneru, Rameshbabu Vayshali, ukrainalik Anna Muzichuk, bolgariyalik Nurgyul Salimova, FIDE bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Aleksandra Goryachkina va Katerina Lagno toj davogarini aniqlab berish uchun bahs olib boryapti.

Dastlabki ikki turda zafar quchgan xitoylik Tan CHjuni uchinchi turga kelib ochko yo'qotdi. CHin yurti vakilasi qora donalarda hindistonlik jahon chempioni Xampi Koneruga qarshi dona surib, durangga rozi bo'ldi. SHunga qaramay, u hamon 2,5 ochko bilan karvonboshilikni davom ettirmoqda. Uchinchi turda birgina Rameshbabu Vayshali g'alabaga erishdi. Hindistonlik shaxmatchi oq donalarda bolgariyalik Nurgyul Salimovadan ustun keldi. 


Candidates Women Tournament 2024. 3-tur natijalari

Anna Muzichuk (Ukraina) — Ekaterina Lagno (Rossiya) — 1/2:1/2

Ley Tincze (Xitoy) — Aleksandra Goryachkina (Rossiya) — 1/2:1/2 

Rameshbabu Vayshali (Hindiston) — Nurgyul Salimova (Bolgariya) — 1:0

Xampi Koneru (Hindiston) — Tan CHjuni (Xitoy) — 1/2:1/2


Candidates Women Tournament 2024. 4-tur juftliklari (7 aprel): 

Ekaterina Lagno (Rossiya) — Tan CHjuni (Xitoy) 

Nurgyul Salimova (Bolgariya) — Xampi Koneru (Hindiston)

Aleksandra Goryachkina (Rossiya) — Rameshbabu Vayshali (Hindiston) 

Anna Muzichuk (Ukraina) — Ley Tincze (Xitoy)

Malumot uchun, Candidates Tournament 2024 turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 evroni tashkil etadi. Umumiy summadan 500 ming dollari erkaklar, 250 mingi ayollar o'rtasidagi turnirga tegishli. Yani, erkak shaxmatchilar mukofot pulini ayollarga qaraganda ikki barabar ko'proq olishadi. Erkaklarda g'olib 48 000, ayollar esa 24 000 evroni qo'lga kiritadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing