09 apr 12:30
Yangiliklar
Tennis

CHarlston (WTA): Kasatkina va Ostapenko finalda
AQSHning CHarlston shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha nufuzli Charleston Open-2017 turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Family Circle Tennis Center kortlarida o'tayotgan WTA Premier seriyasidagi turnirning mukofot jamg'armasi 700 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Musobaqaning yakkalik bahslarida finalchilar malum bo'ldi.
Rossiyalik Darya Kasatkina yarim final bahsida germaniyalik Laura Zigemundni 3:6, 6:2, 6:1 hisobida taslim etdi. Ikkinchi yarim final juftligida esa latviyalik Elena Ostapenko xorvatiyalik Miyana Luchich-Baronidan 6:3, 5:7, 6:4 hisobida ustun keldi.
CHarlston. 1/2 final
Darya Kasatkina (Rossiya) – LauraZigemund (Germaniya) – 3:6, 6:2, 6:1
Elena Ostapenko (Latviya) – MiryanaLuchich-Baroni (Xorvatiya, 11) – 6:3, 5:7, 6:4
Havola :
Fikrlar