18 fev 08:11
Yangiliklar
Tennis

CHekkinato - Argentina Open g'olibi!
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Argentina Open turnirida dunyoning 18-raketkasi Marko CHekkinato bosh sovrin sohibiga aylandi. Italiyalik tennischi 1 soatu 5 daqiqa davom etgan finalda mezbonlar vakili Diego SHvarcmandan 6:1, 6:2 hisobida ustun keldi.
SHvarcman reytingda 19-pog'onani band etib turgandi. Bu tennischilarning ilk uchrashuvi edi. Buenos-Ayresdagi bir haftalik mehnat CHekkinatoga 101 830 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda 250 reyting ochkosini keltirdi.
Havola :
Fikrlar