02 iyu 11:02
Yangiliklar
Futbol

CHempionlar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi nomi elon qilindi
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Dayk ECHL finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Laureatni UEFAning texnik kuzatuvchilari aniqlashdi. Kuzatuvchilar tarkibida Devid Moyes, Garet Sautgeyt va Roberto Martines singari mashhur murabbiylar ham o'rin olishgandi.
“Van Dayk maydonda etakchilik qobiliyatini namoyish etdi va “Liverpul”ning eng yaxshi himoyachisiga aylandi.
U muhim pallalarda raqibdan to'pni olib qo'yishning uddasidan chiqdi va butun uchrashuvni sovuqqonlik bilan o'tkazdi”, dedi texnik kuzatuvchilar guruhi rahbari Tomas SHaaf.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar