11 dek 16:24
Yangiliklar
Futbol

CHempionlar Ligasi. "Real" PSJ, "Barselona" esa "CHelsi" bilan o'ynaydi
SHveycariyaning Non shahrida Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Guruh g'oliblari ikkinchi o'rinni egallagan klublarga qarshi o'ynashadi. Bitta guruhdan chiqqan va bitta davlat sharafini himoya qilayotgan klublar bu bosqichda o'zaro to'qnash kelishmaydi.
1/8 final juftliklari:
"Yuventus" - "Tottenxem"
"Bazel" - "Manchester Siti"
"Portu" - "Liverpul"
"Sevilya" - "Manchester Yunayted"
"Real" - PSJ
"SHaxtyor" - "Roma"
"CHelsi" - "Barselona"
"Bavariya" - "Beshiktosh"
1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob bahslari esa 6-7 va 13-14 mart kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, bu mavsumda CHempionlar ligasi final uchrashuvi 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar