23 may 13:02
Yangiliklar
Futbol

CHempionlik nishonlanayotgan vaqtda "Atletiko"ning 14 yoshli muxlisi vafot etdi
Xabaringiz bor, kech oqshom Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya La Ligasidagi chempionligini nishonladi.
"Reuters" xabariga ko'ra, ko'chalarda klub muxlislari tomonidan chempionlik nishonlanayotgan vaqtda harakatlanayotgan furgon 14 yoshli bolakayga tegib ketdi. U tezda jonlantirish bo'limiga olib borilishiga qaramasdan, vafot etdi.
Bu vaqtda uning ota-onasi va do'stlari ham chempionlikni barcha bilan nishonlayotgandi. Madrid policiyasi voqea sabab jinoiy ish qo'zg'atgan.
Havola :
Fikrlar