27 sen 17:44
Yangiliklar
Tennis

CHendu. Istominning chorak finaldagi raqibi malum bo'ldi
Xitoyda tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million dollardan oshuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin turnirda ikki nafar raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga etib bordi.
Vakilimizning ushbu bosqichdagi raqibi malum bo'ldi. Denis yarim finalga chiqish uchun amerikalik Jared Donaldsonga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Istomin shu yilning may oyida Madriddagi turnirda ayni paytda reytingning 58-pog'onasini egallab turgan Donaldsonga qarshi kortga chiqqandi. O'sha o'yinda Denis raqibini 7:6, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar