15 iyu 11:29
Yangiliklar
Tennis

CHilich faoliyati davomida ikkinchi marotaba "Ulkan toj" finalida o'ynaydi
Xorvatiyalik tennischi Marin CHilich "Uimbldon" yarim finalida amerikalik Sem Kuerriga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 59 daqiqa davom etgan o'yinda CHilich 6:7, 6:4, 7:6, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
SHu tariqa 28 yoshli tennischi faoliyati davomida ikkinchi marotaba "Ulkan toj" turniri finalida qatnashadigan bo'ldi. Bundan tashqari, u Goran Ivanishevichdan so'ng "Uimbldon" finaliga chiqqan ikkinchi xorvatiyalik tennischiga aylandi.
U hal qiluvchi o'yinda shveycariyalik Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar