05 may 10:50
Yangiliklar
Tennis

CHilich Madridda boshlangan turnirda ishtirok etmaydi
Dunyoning uchinchi raketkasi Marin CHilich bugundan Ispaniya Madrid shahrida start olgan "Masters" turnirida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
Bunga xorvatiyalik tennischining tizzasidagi jarohat sabab bo'ldi.
"Afsuski, tizzamdagi jarohat sabab turnirda ishtirok eta olmayman. Jamoam bilan kelishgan holda tavakkal qilmaslikka qaror qildim. Bu jarohat Monte-Karlodagi turnirdayoq meni bezovta qila boshlagandi", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan CHilich.
Havola :
Fikrlar