06 sen 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA
"CHimaevni mag'lub etsam, chempionlikka yo'lim qisqaradi" - Kayo Borralo
UFC jangchisi Kayo Borralo nima uchun Xamzat CHimaev chaqiruvini qabul qilganini tushuntirdi.
"Bu jang menga yoqadi, chunki u chempionlikka olib boruvchi yo'lni qisqartiradi. Avval chempionlik jangiga chiqish uchun yana ikki g'alaba kerak deb aytgandim. Ammo agar CHimaevni mag'lub etsam, ikkinchi jangga ehtiyoj qolmaydi.
U sobiq chempion, SHon Striklendga yaqin bahsda yutqazgan. SHuningdek, u Drikus dyu Plessi ustidan to'liq ustunlik qilgan va unga hech qanday imkoniyat qoldirmagan.
SHuning uchun CHimaev ustidan g'alaba qozonsangiz, keyingi qadam deyarli aniq — chempionlik jangi bo'ladi. Hozir divizionda vaziyat biroz tartibsiz, ammo uni mag'lub etish mening kamar uchun kurashish yo'limni ancha qisqartiradi", — dedi Borralo.
Havola :
Manba : AGFight
Fikrlar