18 apr 14:20
Yangiliklar
Tennis

CHimkent turniri. Xabibulina va Folcda g'alaba, Kamola yutqazib qo'ydi
CHimkentda qizlar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Bugun 3 nafar tennischimiz turnirdagi ishtiroklarini boshlashdi.
Arina Folc rossiyalik Polina Golubovskayani 6:4, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bundan oldingi turnirida finalgacha etib borgan Albina Xabibulina esa turnirning 8-raqamli tennisichi, beloruslik Ilona Kremenni 6:0, 7:5 hisoblarida taslim etdi.
Saralash bosqichida asosiy to'rga yo'llanma olgan Kamola Umarova esa 1-raqam ostida saralangan, moldovalik Aleksandra Perperga qarshi bahsda 3:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar