03 okt 14:36
Yangiliklar
Tennis
China Open. Karolin Voznyacki 1/4 finalga chiqdi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning 19-raketkasi Karolin Voznyacki China Open musobaqasining uchinchi davrasida g'alabaga erishdi. Daniyalik tennis malikasi reytingning 47-pog'onasida borayotgan chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv 1 soatu 37 daqiqa davom etgan. Daniyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni yiriklashtirdi - 4:1. Karolinning chorak finaldagi raqibasi ayni daqiqalarda rossiyalik tennischilar - Darya Kasatkina va Ekaterina Aleksandrova o'rtasida o'tkazilayotgan uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar