17 okt 08:30
Yangiliklar
Tennis

Cibulkova Linc turniri g'olibasi va endi u ham WTA Finals ishtirokchisi
Avstriyaning Linc shahrida nufuzli tennis turniri Dominika Cibulkovaning g'alabasi bilan yakunlandi.
Turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan slovakiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida shveycariyalik Viktoriya Golubichga qarshi kortga chiqdi. .
Dunyoning 10-raqamli tennis malikasi bo'lib turgan Dominika WTA reytingida 62-pog'onadan joy olgan raqibasini 6:3, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu muvaffaqiyat Cibulkovaga 38 771 dollar mukofot puli hamda 280-reyting ochkosini taqdim etdi. Bu bilan Dominika ayol tennischilar o'rtasidagi yilning so'nggi - WTA Finals turnirida ishtirok etishini taminladi.
Linc. FINAL
Dominika Cibulkova (Slovakiya, 2) – Viktoriya Golubich (SHveycariya) – 6:3, 7:5
Havola :
Fikrlar