12 noy 10:55
Yangiliklar
Tennis

Cibulkova - oktyabr oyining eng yaxshi tennischisi!
Slovakiyalik Dominika Cibulkova WTA tomonidan oktyabr oyining eng yaxshi tennischisi deb topildi.
Bu haqda WTA rasmiy saytida xabar berildi. Cibulkova dunyoning oktyabr oyidagi eng yaxshi tennischini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada polshalik Agneshka Radvanska va germaniyalik Anjelik Kerberni ortda qoldirdi.
Dominika so'rovda 55 foiz ovoz to'pladi. Radvanska 33, dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Kerber esa 12 foiz ovoz olishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Dominika Cibulkova oktyabr oyida Singapurda o'tgan va dunyoning sakkiz nafar eng kuchli tennischisi ishtirok etgan yilning Yakuniy WTA turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar