31 okt 12:45
Yangiliklar
Tennis

Cibulkova Yakuniy turnir g'olibasi va 2 mln dollar sohibasi
Singapurda tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi Yakuniy turnir o'z yakuniga etdi.
Dunyoning sakkiz nafar eng kuchli raketka ustalari ishtirok etgan musobaqa kutilmagan natija bilan yakunlandi. Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Anjelik Kerber mag'lubiyatga uchradi.
Germaniyalik tennischi bosh mukofot uchun kechgan bahsda slovakiyalik Dominika Cibulkovaga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu g'alaba Dominikaga 1250 reyting ochkosi hamda 2 milion AQSH dollarini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar