24 fev 09:06
Yangiliklar
Tennis
Cicipas Marselda chempionlik unvonini himoya qildi
Greciyalik tennischi Stefanos Cicipas Franciyaning Marsel shahrida o'tkazilgan nufuzli turnir g'olibiga aylandi.
Dunyoning oltinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 18-pog'onasidan joy olgan kanadalik 19 yoshli Feliks Ojega qarshi kortga chiqdi. 21 yoshli Stefanos 1 soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda g'alabaga erishdi - 6/3, 6/4.
SHu tariqa, Cicipas chempionlik unvonini himoya qildi. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati esa tiklandi - 2:2. Bu greciyalik tennischining faoliyatidagi beshinchi sovrini bo'ldi. Open 13 turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Cicipasga 116,030 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosi keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar