04 iyu 18:24
Yangiliklar
Futbol
Grinvud A Seriyaga yo'l oladimi?
"Roma" "Marsel” hujumchisi Meyson Grinvudni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
Bu haqda jurnalist Janluk Di Marcio xabar bermoqda.
Avvalroq provansalliklar moliyaviy muammolarini hal qilishlari kerakligi malum bo'lgan, jamoa 2025/2026 yilgi mavsumda futboldan olinadigan daromadlar to'g'risidagi qoidaga rioya qilmagani uchun Klublarning moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan jazolangan edi. Agar "Olimpik" kelgusi mavsumda belgilangan ko'rsatkichni bajarmasa, u uch yilga evrokuboklardan chetlatilishi mumkin.
Grinvud 2025/2026 yilgi mavsumda 45 ta o'yinda 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 24 yoshli futbolchini 55 million evroga baholamoqda.

Havola :
Fikrlar