So’nggi yangiliklar

13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0

07 apr 09:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Erkebulan Toktar jangni sotgani haqidagi gap-co'zlarga javob qaytardi

Qozog'istonlik MMA jangchisi Erkebulan Toktar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qirg'izistonlik Marsel Nurlanbek Uuliga qarshi jangni ataylab yutqazganlikdagi ayblovlarga javob qaytardi.

«Aziz do'stlar! Kecha men dam olishga kelganim haqida video joyladim, xonani ko'rsatdim... SHu videoga yozilgan izohlarni o'qisam, "sen yutug'ingni bukmekerga sotib, shu pulga dam olyapsan", "sen o'z shaningni sotding", "sharmandasan", "sen 400 million olding" degan gaplar yozilgan. Qaerdandir 400 million degan raqam paydo bo'libdi va ijtimoiy tarmoqlarda shu gaplar tarqalyapti. SHuning uchun barchasini tushuntirish uchun bu videoni yozayapman.

Kelinglar, buni yozayotganlar, biroz mantiq bilan o'ylaylik. Bizga hech kim millionlab pul tikmaydi. Biz "Real Madrid", PSJ yoki Konor Makgregor emasmiz — butun dunyo pul tikadigan darajadagi yulduzlar emasmiz. Bizga oddiy qiziqish uchun ko'pi bilan 5 yoki 10 ming tenge tikiladi. Buni yozayotganlar, ehtimol, o'zlari ham 1-2 ming tengedan tikkan bo'lishi mumkin. Hatto 10 ming kishi 2 ming tengeden tiksa ham — bu jami 20 million tenge bo'ladi.

Xo'sh, men jangni ataylab yutqazishga rozi bo'lishim uchun ular menga qancha to'lashi kerak? Har qanday inson rozi bo'lishi mumkin bo'lgan summa bor, lekin u summa juda ham ulkan bo'lishi kerak», — dedi jangchi.

Toktar va Marsel o'rtasidagi boks qoidalari bo'yicha, MMA qo'lqoplaridagi jang 27 mart kuni Armanistonning Erevan shahrida Hype FC turniri doirasida bo'lib o'tdi. Qozog'istonlik Toktar ettita g'alabali seriya bilan favorit hisoblansada, uch raund yakunlariga ko'ra, hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan qirg'izistonlik Marselga yutqazdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing