15 avg 11:28
Yangiliklar
Tennis
Cicipas “Masters”dagi ilk uchrashuvidayoq mag'lub bo'ldi
Greciyalik tennischi Stefanos Cicipas AQSHning Cincinatti shahrida o'tkazilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini muddatidan ancha avval yakunladi.
Sayyoramizning ettinchi raketkasi bo'lib turgan Cicipas o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshladi. U ATP reytingining 36-pog'onasidan joy olgan germaniyalik 29 yoshli Yan-Lennard SHtruffga qarshi kortga chiqdi.
21 yoshli Stefanos 2 soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 7/6(5), 6/7(6). Cicipas 14, SHtruff esa 16 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlarida muvozanat tiklandi - 2:2.
Endi Yan-SHtruff Western & Southern Open turnirining nimchorak final uchrashuvida rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar