15 avg 10:12
Yangiliklar
Tennis
Cicipas Toronto "Masters" turnirining final ostonasida to'xtatildi
Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Masters" turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Kutilmaganda dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib turgan greciyalik Stefanos Cicipas National Bank Open turnirining yarim finalida ATP reytingining 32-pog'onasidan joy olgan amerikalik Reylli Opelkaga 7/6(2), 6/7(4), 4/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki soatu 34 daqiqa davom etgan uchrashuvda Stefanos 10 ta, Reylli esa 16 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi muvozanat tiklandi - 1:1. Reylli faoliyati ilk bor Top-5 reytingdagi tennischini mag'lub etdi va birinchi marotaba "Masters" finalida o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar