14 iyu 10:10
Yangiliklar
Tennis

Xertogenbos (ATP). Medvedev 24 ta eys qurboni bo'ldi
Dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev Xertogenbos turniridagi ishtirokini erta yakunladi.
Rossiyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 87-pog'onada borayotgan amerikalik Rayli Opelkaga tay-breklarda imkoniyatni boy berdi - 6/7(5), 6/7(5). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Daniil oldinda bormoqda - 4:2.
To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 7, Opelka esa 24 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Aynan eys zarbalar okean orti vakilining g'alabasini taminlagan. Ikkala tennischi ham o'z geymlarini yutqazishmadi. Endi Rayli final chiptasi uchun belgiyalik Zizu Bergsga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar