20 avg 10:32
Yangiliklar
Tennis

Cincinnati (WTA): Mugurusaning finaldagi raqibasi Xalep bo'ladi
AQSHning Cincinnati shahrida yakuniga etib borayotgan nufuzli tennis turnirining yakkalik bahslarida finalchilar aniqlandi.
WTA Premier 5 toifasiga kiruvchi Western & Southern Open turnirining sovrin jamg'armasi 2 million 536 ming 154 dollarni tashkil qiladi. Turnirning birinchi raketkasi chexiyalik Karolina Plishkova biroz kutilmaganda ispaniyalik Garbine Mugurusaga 3:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan ruminiyalik Simona Xalep asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan amerikalik Sloan Stivensdan 6:2, 6:1 hisobida ustun keldi.
Yarim final
Garbine Mugurusa (Ispaniya, 4) – Karolina Plishkova (CHexiya, 1) – 6:3, 6:2
Simona Xalep (Ruminiya, 2) – Sloan Stivens (AQSH, WC) – 6:2, 6:1
Havola :
Fikrlar