So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

10 apr 07:37
Yangiliklar

Boshqalar

COVID-19 ning Xitoy va Amerika iqtisodiyotiga tasiri

Teglar :  COVID-19AQSHXitoy
AQSHda iqtisodiy COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan iqtisodiy tanazzuldan keyin Xitoy iqtisodiyoti baribir AQSHdan yuqori ko'tarilishi mumkin emas.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining MGIMO Xalqaro tadqiqotlar instituti SHarqiy Osiyo va SHHTni o'rganish markazi direktori Aleksandr Lukinning fikricha, AQSHda iqtisodiy COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan iqtisodiy tanazzuldan keyin Xitoy iqtisodiyoti baribir AQSHdan yuqori ko'tarilishi mumkin emas.

Avvalroq, Xubeydagi korxonalarning 93 foizdan ko'prog'i o'z faoliyatini qayta tiklaganligi haqida xabar berilgan edi. Ishchilar umumiy sonining 66,3 foizi o'z ish joylariga qaytgan va bu raqam 46,95 mln. nafarni tashkil etadi. COVID-19ni tarqalishi markazi sanalagan Uxanda korxonalarning 85,4 foizi o'z ishini tikladi, 40,4 foiz xodim o'z ish joyiga qaytdi.

RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Aleksandr Lukin quyidagilarni so'zlab berdi: «Xitoy va AQSH iqtisodi shu qadar bog'liqki, agar AQSH inqirozga uchragan bo'lsa, unda Xitoy iqtisodiyoti rivojlanib ketmaydi. AQSH Xitoy uchun mahsulotining asosiy bozori hisoblanadi. AQSHda inqiroz bo'lsa, xitoy tovarlari sotib olinmaydi, Xitoyda ham inqiroz davom etaveradi. SHuning uchun Xitoy global iqtisodiyotda etakchilik uchun kurashda ustunlikka ega bo'ladi, deyish noto'g'ri, Xitoy uchun AQSH iqtisodiyoti inqirozga uchrashi foydali emas. «

Lukin, shuningdek, Xitoydagi inqiroz amerikaliklar uchun foydasiz ekanligini ham qo'shimcha qildi.

«AQSH nuqtai nazaridan, Xitoyda iqtisodiyotning tiklanayotgani juda yaxshi. CHunki, avvalo, Xitoy AQSH uchun sarmoyalashning asosiy joylaridan biri. Boshqa tomondan, AQSH Xitoydan juda ko'p tovarlarni sotib oladi. Qisqasi, iqtisodiyot bir-biri bilan uzviy bog'liqdir va hozir butun dunyoda hamma narsa bir-biri bog'lanib ketgan, ikkinchisi inqirozga aylanib turgan paytda bir tomonning gullab-yashnashi dargumon, agar, albatta, bu unchalik katta davlatlar bo'lmasa», – deydi ekspert.

SHu qatorda, uning fikricha, agar Xitoy koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq iqtisodiy inqirozdan tezroq chiqib ketsa, Pekin iqtisodiy o'sish nuqtai nazaridan bazi afzalliklarga ega bo'lishi mumkin. Agar Qo'shma SHtatlar iqtisodiyoti zaiflashsa, u holda bu davlatlar o'rtasidagi yaqin iqtisodiy aloqalarni hisobga olsak, Xitoy ham inqirozni to'liq bartaraf eta olmaydi.

«Xitoy, agar inqirozdan biroz tezroq chiqib ketadigan bo'lsa, u tez suratda bir qator afzalliklarga ega bo'ladi. Ammo AQSH uzoq vaqt inqirozga qoladigan bo'lsa, demak, Xitoy ham inqirozdan butunlay chiqa olmaydi, chunki u o'z mollarini sotadigan tashqi bozor yo'q. Albatta , ularni boshqa joyda sotishga harakat qiladi, ammo AQSHni o'rnini bosadigan bunday bozorni to'liq topa olmaydi», – deydi Lukin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing