07 jan 13:51
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Dakar-2018. Sanderlend motociklchilar poygasida g'olib!
Xabar berganimizdek, kecha Janubiy Amerika yo'llari bo'ylab ko'pkunlik “Dakar” musobaqasi boshlandi. 
			Ushbu musobaqa mana bir necha yildirki, motocikl, engil va yuk mashinalari ishtirokida o'tkazib kelinadi. Ilk bosqich Peru davlatidan boshlandi. “Dakar” ralli-marafonining motocikllar bahsida KTM jamoasi poygachisi Sem Sanderlend marraga birinchi bo'lib etib keldi.
Ikkinchi o'rinni “Yamaxa” jamoasi vakili Andre van Beveren egalladi. Pablo Kintanilya (“Husqvarna”) esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
“Dakar”-2018. Birinchi bosqich. Motocikllar
1. Sem Sanderlend (KTM) - 20:56
2. Andre van Beveren (Yamaha) +00:32
3.Pablo Kintanilya (Husqvarna) +00:55
4. Xoan Barreda Bort (Honda) +00:56
5. Ksave de Sultre (Yamaha) +01:06.
            Havola            :         
            
			
Fikrlar