10 jan 08:01
Yangiliklar
Boshqalar

Dakar-2020. 5-bosqich. Engil mashinalar bahsida Sayns birinchi!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Saudiya Arabistoni yo'llari bo'ylab ko'pkunlik Dakar musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Beshinchi bosqich poygasining engil mashinalar bahsida Karlos Sayns ralli-marafon g'olibi bo'ldi. Aynan uning o'zi beshta bosqich yakunlariga ko'ra umumiy hisobda peshqadamlik qilyapti.
Ikkinchi o'rinni «Toyota» jamoasi vakili Nasser Al-Attiya band etdi. Kuchli uchlikni Stefan Peteransel yakunladi.
«Dakar»-2020. Beshinchi bosqich. Engil mashinalar
1. Karlos Sayns (Mini) — 3:52.01
2. Nasser Al-Attiya (Toyota) — +2.56
3. Stefan Peteransel (Mini) — +6.11
«Dakar»-2020. Engil mashinalar. Umumiy bosqich
1. Karlos Sayns (Mini) — 19:04.13
2. Nasser Al-Attiya (Toyota) — +5.59
3. Stefan Peteransel (Mini) — +17.53
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar