16 noy 21:02
Yangiliklar
Dam olish kunini "Humo Arena"da xokkey tomosha qilib o'tkazing: Toshkentda yana xitoyliklar mehmon
Muhtasham "Humo Arena"da VXL doirasida "Humo" jamoasi Xitoyning "KRS-BSU" jamoasiga qarshi muzga chiqadi.
Ushbu o'yinda muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari jamoamiz uchun har doimgidanda muhim. Kecha Pekinning "Ordji" jamoasini 5:2 hisobida mag'lub etishda muxlislarning hissasi katta. Ishonamizki, ertangi o'yinda ham "Humo" yolg'iz qolmaydi.
Malumot uchun, "Humo" ayni paytda VXLda 23 ta o'yindan so'ng 24 ochko jamg'argan holda, 22-o'rinni egallab turibdi. "KRS-BSU" esa 24 ta uchrashuvdan keyin 18 ochko to'plagan va 31-pog'onadan joy olgan.
Demak, ertaga soat 17:00da barchangizni "Humo Arena"da kutib qolamiz. CHiptalarni arena kassalaridan xarid qilish mumkin.
Aytgancha, 17 noyabr kuni "Humo Arena" atrofida yo'llar to'silgan bo'ladi. SHu sababli, xokkey tomosha qilish uchun metroda borish tavsiya etiladi. "O'zbekiston" metrosi arenaga eng yaqin stanciya hisoblanadi.
Fikrlar