28 mar 09:54
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev chempionlik himoyasini davom ettirmoqda
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda 1/2 finalchilar malum bo'ldi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni Daniil Medvedev 1/4 finalda ATP reytingida 23-pog'onani egallab turgan chililik Nikolas Xarrini mag'lubiyatga uchratdi — 6:2, 7:6 (9:7).
101 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 6, Xarri 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Daniilda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Rossiyalik tennischi endi final chiptasi uchun dunyoning uchinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar