26 jan 18:32
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev kambek qayd etib, yarim finalga chiqdi
Melburnda davom etayotgan Australian Open turnirining so'ngi yarim finalchisi nomi malum bo'ldi.
Avstraliya Ochiq chempionatining so'ngi chorak final uchrashuvida jahonning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev va ATR reytingida 9-o'rinni egallab turgan kanadalik Felik Oje bahs olib bordi. 4 soatu 42 daqiqa davom etgan murosasiz uchrashuvda Daniil Medvedev 5 set natijasiga ko'ra kanadalik yosh iqtidor egasini 6/7(4), 3/6, 7/6(2), 7/5, 6/4 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.
Medvedevning Australian Open turniri yarim finaldagi raqibi greciyalik Stefanos Cicipas bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar