13 mar 11:25
Yangiliklar
Tennis

Daniil Medvedev Marselda 1/2 finalga chiqdi
Franciyaning Marsel shahrida tennis bo'yicha ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning uchinchi raketkasi Daniil Medvedev Open 13 Provence musobaqasining yarim final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi chorak final uchrashuvida reytingning 34-pog'onasidan joy olib turgan italiyalik Yannik Sinnerni mag'lub etdi - 6/2, 6/4.
Medvedev - Sinner bahsi 73 daqiqa davom etgan bo'lib, unda 25 yoshli Daniil 5 ta, 19 yashar Yannik esa 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. O'zaro uchrashuvlarda Medvedev endi 2:0 hisobida oldinda bormoqda. Bugun rossiyalik tennischi Open 13 Provence yarim finalida avstraliyalik Mettyu Ebdenga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar