07 iyu 16:16
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev noprofessional harakatlari uchun jarimaga tortildi
Sayyoramizning o'n uchinchi raqamli tennischisi Daniil Medvedev “Uimbldon” tashkilotchilari tomonidan jarimaga tortildi.
Bunga sabab tennischining noprofessional harakatlari bo'lgan. Daniil Londonda davom etayotgan musobaqaning uchinchi davrasida belgiyalik David Goffinga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rossiyalik uchrashuv davomida juda asabiy o'yin ko'rsatdi hamda bir necha marta raketkasini uloqtirib yubordi. SHuningdek, uchrashuv yakunlangandan so'ng bosh hakam bilan qo'l berib ko'rishmadi. SHu sababli unga 5 yarim ming dollar miqdorida jarima belgilandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar