06 apr 10:53
Yangiliklar
Tennis
Darya Kasatkina CHarlston turniri 1/2 finalida
AQSHning CHarlston shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning 11-raketkasi Darya Kasatkina musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 83-pog'onada borayotgan ruminiyalik Jaklin Kristianni irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(4), 6/2, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Ikki soatu 43 daqiqalik bahsda Kasatkina 2 ta eys, 5 ta qo'shxato va 10 ta breyk qayd etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar