14 iyu 08:26
Yangiliklar
Futbol

David Luis faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
"Arsenal" sobiq himoyachisi David Luis Turkiyaning "Adana Demirspor" klubiga o'tishi mumkin.
Buni klub prezidenti Murat Sanjak tasdiqladi.
"Men David Luis bilan uchrashdim va uning klubimizga ehtimoliy kelishi haqida gaplashdim", - deydi Sanjak.
34 yoshli David Luis o'tgan mavsum "Arsenal" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Qayd etish kerakki, "Adana Demirspor" o'tgan mavsum Turkiya birinchi ligasida g'olib bo'ldi va 26 yildan so'ng oliy divizionga qaytdi.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar