06 avg 15:01
Yangiliklar
Futbol

David Silva "Lacio"ga o'tishga yaqin
24 avgustda "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadigan yarim himoyachi David Silva "Lacio" o'yinchisiga aylanishga yaqin.
34 yoshli ispaniyalik futbolchining Rim klubi bilan muzokaralari yakuniy bosqichda. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
"Lacio" xavbekka 3 yillik shartnoma va bonuslardan tashqari yiliga 3 million evro maosh taklif qildi.
Klub prezidenti Klaudio Lotito Silva bilan yaqin kunlarda kelishuvga erishilishiga ishonmoqda.
Oldinroq, yarim himoyachiga BAAning "SHabab Al Ahli" va "Al Nasr" klublaridan ham taklif bo'lgandi.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar