17 iyu 13:25
Yangiliklar
Tennis

Davis Cup. Istomin yutqazdi, hisob tenglashdi
Toshkentdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida davom etayotgan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hisob tenglashdi.
Musobaqaning uchinchi kungi bahslarini Denis Istomin hamda Ze Jang boshlab berishdi. Besh set davom etgan uchrashuvda kutilmaganda mamlakatimizning birinchi raketkasi dunyo reytingida 172-o'rinda borayotgan raqibiga 6:3, 5:7, 6:2, 1:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bu bilan O'zbekiston va Xitoy terma jamoalari
o'rtasidagi hisob tenglashdi - 2:2. Birozdan so'ng hal qiluvchi beshinchi uchrashuv
bo'lib o'tadi. Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do'stov Di Vuga
qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar