So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

16 sen 21:24
Yangiliklar

Boshqalar

Davlat komissiyasi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinganlarni tasdiqladi, ular orasida sportchilar ham bor

Teglar :  Talaba
O'zbekiston Respublikasi talim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi.

Unga ko'ra, Xalqaro va Respublika olimpiadalari g'oliblari, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, sport musobaqalari g'oliblari shuningdek, Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oficerlar, shartnoma bo'yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi, harbiy xizmatni o'tashda halok bo'lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o'tashda yarador bo'lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo'lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo'lgan harbiy xizmatchilarning tegishli tavsiyanomalarga ega farzandlari hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol azolari bakalavriat talim yo'nalishlariga test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat granti asosida respublika oliy talim muassasalariga talabalikka qabul qilinadi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi «2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ—4798-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Farg'ona viloyati So'x tumanining sport sohasidagi oliy malumotli trenerlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida So'x tumaniga 2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)» bakalavriat talim yo'nalishining maxsus sirtqi talim shakliga 7 ta maqsadli qabul ko'rsatkichlari ajratildi.

Malumot o'rnida takidlash lozim, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF—5924-son Farmoniga muvofiq olimpiya sport turlari bo'shyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va ParaOsiyo o'yinlari, O'zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3-o'rin) bo'lgan sportchi-o'quvchilar oliy talim muassasalariga (tibbiyot bakalavriat talim yo'nalishlaridan tashqari) belgilangan qabul parametrlaridan tashqari qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalari talabalari o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy talim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik ro'yxatdan joy olgan Rossiya Federaciyasi oliy talim muassasalaridan respublika oliy talim muassasalariga o'qishini ko'chirish bo'yicha murojaat etgan 1 043 nafar fuqaroning murojaatlari qondiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing