So’nggi yangiliklar

16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0

01 may 16:24
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov va o'zbek futbolining bir qator yulduzlari Talabalar kubogi-2018 musobaqasida ishtirok etishdi

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mini-futbol bo'yicha Talabalar kubogi-2018 musobaqasining hal qiluvchi o'yini bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida o'tkazilgan musobaqaning final uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur sport bayramida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. MOQ rahbari final uchrashuvini ochib berish oldidan universitetning sport maydonchasi, umuman, ushbu ilm dargohida yo'lga qo'yilgan sport tizimi bilan tanishdi.

Final uchrashuvida o'zbek futboli afsonalari, XII Osiyo o'yinlari chempionlari Mirjalol Qosimov va Azamat Abduraimov, shuningdek, Milliy terma jamoamiz futbolchilari Marat Bikmaev va Sardor Rashidov, Xitoyda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'oliblari ham ishtirok etib, tadbirning yanada qiziqarli ko'rinish olishini taminlab berishdi.

Tadbirni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodievlar ochib berishdi.


«Assalomu alaykum hurmatli talabalar, ustoz va murabbiylar. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida futbol musobaqasi start olayotganida juda xursand bo'lgandik. Sportimiz rivoji yo'lida har bir bo'g'in – bog'cha, maktab, kollej va universitetlarga alohida etibor qaratiladi. Mana, Superliga bahslarini epaqayga keltirdik, O'zbekiston kubogi bahslarini o'tkazishda Angliya futbol tizimidan andoza oldik, endi talabalar sporti yo'nalishi bo'yicha ham kerakli ishlar olib boramiz. Tashkil etilgan ushbu sport bayramini ko'rib mamnun bo'ldim. Barcha-barchaga rahmat aytaman», – dedi Umid Ahmadjonov.


Tadbir davomida o'zbek estradasining yorqin yulduzlari Tohir Sodiqov, Zohirshoh Jo'raev, «Bojalar» guruhi xonandalari o'z chiqishlari bilan tomoshabinlarning ko'nglini hushnud etishdi.


Universitetning «Korporativ boshqaruv» hamda «Bank ishi» jamoalari o'rtasida o'tkazilgan final bahsini FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Uchrashuvda «Korporativ boshqaruv» jamoasi futbolchilari kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning bosh mukofotini qo'lga kiritdilar. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev, shuningdek butun o'yin davomida sportchilarni qo'llab-quvvatlab turgan O'FA qoshidagi muxlislar klubi azolari tadbirga haqiqiy bayramona ruh bag'ishlay olishdi. Tadbir davomida yog'ib turgan yomg'ir esa bayram kayfiyatiga zarracha tasir qilgani yo'q.

Final o'yini yakunlangach musobaqaning «Eng yaxshi darvozaboni», «Eng yaxshi himoyachisi», «Eng yaxshi to'purari», «Eng yaxshi o'yinchisi», «Eng yaxshi ishqibozlar guruhi» kabi yo'nalishlarda g'oliblar aniqlandi va ularga ham esdalik sovg'alari topshirildi.

Musobaqani kuchli uchlikda yakunlagan jamoa azolariga medal, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi. Turnir chempioni esa maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing