12 dek 08:13
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				Davlatjon Hamroev Rossiyadagi xalqaro turnir chempioni!
Rossiyaning Dzerjinsk shahrida sambo bo'yicha Evropa chempioni Vladimir Kulikov xotirasiga bag'ishlangan XXVI xalqaro ananaviy turnir bo'lib o'tdi.
			Musobaqada Rossiya, O'zbekiston, Tojikiston, Belarus, Qirg'iziston, Bolgariya, Moldova va Kamerundan sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.
Bellashuvlarda -64 kg vaznda yurtimiz sharafini sambochi Davlatjon Hamroev himoya qildi. Quvonarlisi, musobaqada hamyurtimiz barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Qayd etish lozimki, musobaqa davomida hamyurtimiz Islom Adilov hakam sifatida faoliyat olib bordi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar